$n$ kunlik havo harorati berilgan. Harorat $25$ darajadan yuqori bo‘lgan kun issiq kun hisoblanadi. Eng uzun issiq davr necha kun davom etgan, ya’ni ketma-ket kelgan issiq kunlar soni eng ko‘pi bilan nechta?
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda $n$ ($1 \le n \le 1000$). Ikkinchi qatorda $n$ ta butun son — haroratlar ($-50 \le t_i \le 50$).
Chiqish ma’lumotlari
Eng uzun issiq davr uzunligi (issiq kun bo‘lmasa, 0).
Misollar
Kirish
7 26 30 25 27 28 29 20
Chiqish
3
Kirish
3 10 20 25
Chiqish
0