Asosiy tarkibga o‘tish
CodeArena
Kirish

Halollik qoidalari

CodeArena'dagi har bir ball va har bir o‘rin — egasining o‘z mehnati. Shu qoidalar buni kafolatlaydi.

Mumkin

  • Dars materiallari, kitob, dasturlash tilining hujjatlari (docs).
  • Sintaksisni qidirish: «Pythonda ro‘yxat qanday saralanadi?»
  • Masaladagi maslahatlar (hint) — ular ballning bir qismini oladi.
  • O‘qituvchidan yoki do‘stdan g‘oyani so‘rash (kodni emas).
  • AI'dan mavzuni tushuntirib berishni so‘rash — masalaning o‘zini emas.
  • O‘rta va qiyin masalalarda kodni o‘z muharriringizda yozib, keyin qo‘yish.

Mumkin emas

  • Masala shartini AI'ga (ChatGPT, Gemini, Copilot va boshqalar) berib, kod yozdirish.
  • Boshqa odamning yoki internetdagi tayyor yechimni ko‘chirish, «biroz o‘zgartirib» bo‘lsa ham.
  • O‘z yechimingizni boshqalarga berish.
  • Birovning akkauntidan yoki birov bilan bitta akkauntdan ishlash.
  • Musobaqada: har qanday tashqi yordam — AI, boshqa oyna, telefon, maslahatchi.

Nima kuzatiladi

Mashq va musobaqada muharrir kod qanday yozilganini qayd etadi: uzun kod qo‘yish, boshqa oynaga o‘tish, kodning har 10 soniyadagi holati. Server qabul qilingan kodni shu yozuvlar bilan solishtiradi, talabalar yechimlarini bir-biri bilan ham solishtiradi. Bularni o‘qituvchingiz va hakamlar ko‘radi, boshqa hech kim emas.

Oqibati

  • Mashqda — ko‘chirilgan deb topilgan yechim uchun amaliyot bali berilmaydi.
  • Musobaqada — diskvalifikatsiya: natija oxirgi o‘ringa tushadi, reyting pasayadi.

Adolat

Tizim hech kimni o‘zi jazolamaydi: belgilar faqat shubha. Qarorni o‘qituvchi yoki hakam kodni ko‘rib chiqib qabul qiladi, e’tirozingiz bo‘lsa, unga murojaat qiling. Qaror bekor qilinishi mumkin.

Menyu

Ko‘rinish

Klaviatura yorliqlari

Ctrl K yoki /
Qidirish va buyruqlar
g h
Bosh sahifa
g p
Masalalar
g c
Musobaqalar
g r
Reyting
Ctrl Enter
Masala sahifasida — yechimni yuborish
?
Shu oyna