Har bir sonni tub sonlar ko‘paytmasi ko‘rinishida yozish mumkin: $60 = 2 \cdot 2 \cdot 3 \cdot 5$. Berilgan $n$ sonni tub ko‘paytuvchilarga ajrating.
Diqqat: $n$ katta bo‘lishi mumkin — $n$ gacha sikl vaqtga sig‘maydi.
Kirish ma‘lumotlari
Bitta butun son $n$ ($2 \le n \le 10^{12}$).
Chiqish ma‘lumotlari
Tub ko‘paytuvchilarni o‘sish tartibida, probel bilan ajratib chiqaring (takrorlanganlari ham).
Misollar
Kirish
60
Chiqish
2 2 3 5
Kirish
13
Chiqish
13