Kompyuter sonlarni ikkilik tizimda saqlaydi: masalan, $13 = 1101_2$ ($1 \cdot 8 + 1 \cdot 4 + 0 \cdot 2 + 1 \cdot 1$). Berilgan $n$ sonni ikkilik tizimda yozing.
Maslahat: sonni 2 ga bo‘lib, qoldiqlarni yig‘ing — ular teskari tartibda javobni beradi.
Kirish ma‘lumotlari
Bitta butun son $n$ ($0 \le n \le 10^9$).
Chiqish ma‘lumotlari
$n$ ning ikkilik yozuvini boshida ortiqcha nolsiz chiqaring ($n = 0$ uchun 0).
Misollar
Kirish
13
Chiqish
1101
Kirish
8
Chiqish
1000