Ob-havo stansiyasi har kuni havo haroratini o'lchab boradi. Meteorolog necha kun harorat 0 darajadan past (manfiy) bo'lganini bilmoqchi.
Kirish ma‘lumotlari
Birinchi qatorda n butun soni — kunlar soni (1 ≤ n ≤ 100).
Keyingi n ta qatorning har birida bittadan butun son — o'sha kungi harorat (-100 ≤ harorat ≤ 100).
Chiqish ma‘lumotlari
Yagona qatorda harorat manfiy bo'lgan kunlar sonini chiqaring.
Misollar
Kirish
7 -3 5 0 -1 12 -8 2
Chiqish
3