Ro‘yxatdan yig‘indisi $t$ ga teng bo‘lgan ikki sonni toping: $i < j$ va $a_i + a_j = t$. Bunday juftlik aynan bitta ekani kafolatlanadi. Hamma juftlikni tekshirish vaqtga sig‘maydi.
Kirish ma‘lumotlari
Birinchi qatorda $n$ va $t$ ($2 \le n \le 10^5$, $|t| \le 2 \cdot 10^9$). Ikkinchi qatorda $n$ ta butun son ($|a_i| \le 10^9$).
Chiqish ma‘lumotlari
Probel bilan $i$ va $j$ — sonlarning o‘rni ($1$ dan raqamlanadi, $i < j$).
Misollar
Kirish
5 10 3 8 1 7 5
Chiqish
1 4
Kirish
3 6 3 2 3
Chiqish
1 3