Markazi koordinata boshida, radiusi $r$ bo‘lgan aylana chizilgan. $(x, y)$ nuqta aylananing ichidami, aynan chizig‘ida (chegarada)mi yoki tashqarisidami?
Maslahat: ildiz olmasdan, $x^2 + y^2$ ni $r^2$ bilan solishtiring — shunda kasr sonlar kerak bo‘lmaydi.
Kirish ma‘lumotlari
Bitta qatorda uchta butun son: $x$, $y$, $r$ ($|x|, |y| \le 10^4 + 50$, $1 \le r \le 10^4$).
Chiqish ma‘lumotlari
Ichida, Chegarada yoki Tashqarida deb chiqaring.
Misollar
Kirish
1 2 5
Chiqish
Ichida
Kirish
3 4 5
Chiqish
Chegarada