Aziz telefon uchun pul yig‘moqda. Birinchi kuni $a$ so‘m qo‘ydi, keyingi har kuni oldingi kundan $d$ so‘m ko‘proq qo‘yadi: $a$, $a + d$, $a + 2d$, … Necha kunda jamg‘arma kamida $s$ so‘m bo‘ladi?
Kirish ma‘lumotlari
Bitta qatorda uchta butun son: $a$, $d$, $s$ ($1 \le a \le 1000$, $0 \le d \le 1000$, $1 \le s \le 10^6$).
Chiqish ma‘lumotlari
Kunlar sonini chiqaring.
Misollar
Kirish
1000 500 10000
Chiqish
5
Kirish
5 0 20
Chiqish
4