Sinfda $n$ ta bola bor, har biriga $k$ tadan konfet berilishi kerak. Konfetlar faqat 12 talik qutilarda sotiladi. Eng kamida nechta quti olish kerak va hammaga tarqatilgandan keyin nechta konfet ortib qoladi?
Kirish ma‘lumotlari
Bitta qatorda ikkita butun son: $n$ va $k$ ($1 \le n, k \le 10^4$).
Chiqish ma‘lumotlari
Birinchi qatorda qutilar sonini, ikkinchi qatorda ortib qolgan konfetlar sonini chiqaring.
Misollar
Kirish
5 3
Chiqish
2 9
Kirish
4 3
Chiqish
1 0