Alisher har kuni cho'ntak pulidan bir qismini cho'ntak kassasiga tashlab boradi.
- 1-kuni 1000 so'm,
- 2-kuni 2000 so'm,
- 3-kuni 3000 so'm,
- ... ya'ni i-kuni i × 1000 so'm tashlaydi.
Alisher n kun davomida jami qancha pul jamg'arganini toping.
Diqqat! Agar
n = 0bo'lsa, Alisher hali bir kun ham pul tashlamagan — javob0bo'ladi.
Namuna tushuntirishi: n = 3 bo'lsa: 1000 + 2000 + 3000 = 6000.
Kirish ma‘lumotlari
Yagona qatorda bitta butun son n (0 ≤ n ≤ 100000) — kunlar soni.
Chiqish ma‘lumotlari
Yagona qatorda jamg'arilgan umumiy summa (so'mda).
Misollar
Kirish
3
Chiqish
6000