Do‘konda $n$ ta mahsulot javonda ketma-ket turibdi, $i$-sining narxi $a_i$. Aziz javonning ketma-ket bir qismidagi hamma mahsulotni olmoqchi, lekin jami narx $S$ dan oshmasligi kerak. U ko‘pi bilan nechta mahsulot ola oladi?
Kirish ma‘lumotlari
Birinchi qatorda $n$ va $S$ ($1 \le n \le 10^5$, $1 \le S \le 10^9$). Ikkinchi qatorda $n$ ta natural son $a_i$ ($1 \le a_i \le 10^4$).
Chiqish ma‘lumotlari
Eng ko‘p mahsulotlar soni. Bitta mahsulot ham sig‘masa, 0.
Misollar
Kirish
5 7 2 1 3 4 1
Chiqish
3
Kirish
3 1 5 6 7
Chiqish
0