Do'konda mahsulot chegirma bilan sotilmoqda. Sizga mahsulotning narxi, sotib olinadigan soni va chegirma foizi beriladi. Chegirmadan keyingi umumiy to'lanadigan summani hisoblab toping.
Agar natija butun son bo'lmasa, uni pastga (kichraytirib) yaxlitlang.
Kirish ma‘lumotlari
Kirishda 3 ta butun son beriladi, har biri alohida qatorda:
- Mahsulot narxi (so'mda)
- Sotib olinadigan soni
- Chegirma foizi (0 dan 100 gacha)
Narx 1 dan 100000 gacha, soni 0 dan 1000 gacha bo'lgan butun sonlar.
Chiqish ma‘lumotlari
Chegirmadan keyingi umumiy summani bitta butun son sifatida (pastga yaxlitlab) chiqaring.
Misollar
Kirish
10000 3 10
Chiqish
27000