Bozorda bir turdagi mahsulot (masalan, olma) sotiladi va uning bir donasi k so'm turadi. Xaridorlar ko'pincha 1 tadan 10 tagacha turli miqdorda sotib olishni xohlashadi va sotuvchi har bir miqdor uchun necha pul to'lash kerakligini bilishi kerak.
Sotuvchiga yordam bering! for tsikli yordamida 1 dan 10 gacha bo'lgan har bir miqdor uchun to'lanadigan summani hisoblab, jadval ko'rinishida chop etuvchi dastur yozing.
Kirish ma‘lumotlari
Yagona qatorda bitta butun son k (1 ≤ k ≤ 1000) — bir dona mahsulotning narxi (so'mda) beriladi.
Chiqish ma‘lumotlari
10 qatorda, har birida i * k = natija formatida chop eting, bu yerda i 1 dan 10 gacha o'zgaradi va natija = i * k.
Misollar
Kirish
3
Chiqish
1 * 3 = 3 2 * 3 = 6 3 * 3 = 9 4 * 3 = 12 5 * 3 = 15 6 * 3 = 18 7 * 3 = 21 8 * 3 = 24 9 * 3 = 27 10 * 3 = 30